Oʻzbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi boʻlgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiyaning faoliyati toʻgʻrisida (387-II-son)
28.08.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi boʻlgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiyaning faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-avgust,
387-II-son
