Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlar stavkalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (318-son)
06.11.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Uchinchi mamlakatlardan yuklarni Oʻzbekiston Respublikasiga tashishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston avtotransport vositalaridan yoʻl yigʻimlari stavkalarini tenglik asosida qoʻllash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 28-sentabrdagi 447-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 59-modda) bilan tasdiqlangan Turkmanistonning avtotransport vositalaridan undiriladigan yigʻimlar stavkalariga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh: Uchinchi mamlakatlardan yuklarni Oʻzbekiston Respublikasiga tashishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan yuklarni olib chiqishda Turkmaniston yuk avtotransport vositalaridan 175,0 AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha yigʻim undiriladi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-noyabr,
318-son
