Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2000-4-son)
06.11.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2000-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 5-oktabr,
2015-17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 5-oktabrdagi 2015-17-sonli buyrugʻiga ILOVA
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni (bundan buyon matnda qimmatli qogʻozlar deb yuritiladi) chiqarish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandda:
oltinchi-yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va oʻzining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
korporativ va infratuzilma obligatsiyalari (bundan buyon matnda obligatsiyalar deb yuritiladi) muomala muddatlarining tugashi toʻgʻrisidagi bildirishnoma — obligatsiyalarni soʻndirish maqsadida ularni qaytarib sotib olish natijalari toʻgʻrisidagi emitentning hisoboti;”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar tegishincha oʻn toʻrtinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn beshinchi xatboshidan “depozitariylarda” degan soʻz chiqarib tashlansin;
oʻn oltinchi xatboshidan “bitimlar tuzish orqali” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“infratuzilma obligatsiyalari — ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablagʻlarini jalb etish maqsadida xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;”.
3. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Emitent qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirishni obuna yoki ayirboshlash orqali amalga oshirishga haqlidir.
Emitent tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish usullari (ochiq yoki yopiq obuna) emitent ustavida belgilab qoʻyiladi, emitent ustavida bu xususda koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan belgilanadi. Emitentning ustavida yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarorida emitentning aksiyalarini va aksiyalarga ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarini joylashtirish usuli toʻgʻrisida koʻrsatmalar mavjud boʻlmasa, joylashtirish faqat ochiq obuna vositasida amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosidagina oʻtkaziladi.”.
4. 13-bandning birinchi xatboshisidagi “kapitalini kapitalizatsiya qilish hisobiga” degan soʻzlar “kapitali hisobidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5. 14-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ustav kapitalini qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish emitentning jalb qilingan investitsiyalari, oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.”;
ikkinchi xatboshisidagi “kapitalini kapitallashtirish hisobiga” degan soʻzlar “kapitali hisobidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 15, 28, 45 va 90-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. 16-banddagi “soʻndirish” degan soʻz “bekor qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
a) emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitali miqdori doirasida;
b) keyingi uch yilda rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlgan, shuningdek mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan;
v) investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.”.
9. Quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. Infratuzilma obligatsiyalari quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitali va chiqarilish boʻyicha qoʻshimcha taʼminot miqdori doirasida;
infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa;
infratuzilma obligatsiyalari boʻyicha emitentning majburiyatlari ular toʻliq muomaladan chiqarilguniga qadar belgilangan tartibda sugʻurtalangan boʻlsa, chiqariladi.
Davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi.
Infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga koʻra sarflanadi.”.
10. 23-banddagi “ochiq aksiyadorlik jamiyatini va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan tijorat bankini” degan soʻzlar “emitentni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
11. 24-band “(bekor qilinmagan) barcha” degan soʻzlardan keyin “korporativ” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
12. 26-banddagi “zararlarni qoplash uchun” degan soʻzlardan keyin “korporativ” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
13. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Obligatsiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi.”.
14. 31-bandda:
“b” kichik band “(qimmatli qogʻozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“v” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. 39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror unda koʻrsatilgan mol-mulkning baholash qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlagan holda baholovchi tashkilot tomonidan ham imzolanishi shart.”.
16. 40-bandning sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
17. 42-banddagi “aksiya toʻlovi hisobiga kiritiladigan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
18. 43-bandda:
“v” va “n” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“e” kichik bandi “(qimmatli qogʻozlar ommaviy joylashtirilgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“j” — “i” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, agar mazkur qaror kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilingan boʻlsa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma;
z) qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, kuzatuv kengashi tomonidan qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma;
i) risola tasdiqlanganligini tasdiqlovchi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, kuzatuv kengashi tomonidan risola tasdiqlangan taqdirda esa — ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, shariflari koʻrsatilgan yigʻilish bayonnomasi nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agarda ushbu bandning “j” — “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan qaror yagona aksiyador tomonidan qabul qilingan boʻlsa, tegishli aksiyador qarorining nusxasi taqdim etiladi.”.
19. 44-bandda:
“g” kichik bandi “(korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“e” kichik bandi “mavjud hujjat nusxasi” degan soʻzlaridan keyin “(korporativ obligatsiyalar chiqarilgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
20. 48-banddagi “banklar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida aksiyalarni birlamchi chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kelishilgan kundan boshlab” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
21. 49-banddagi “banklar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida qimmatli qogʻozlarni chiqarish qarori kelishilgan kundan boshlab” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
22. Rus tili matnidagi 57-bandning “a” kichik bandidagi “sozdannix” degan soʻz “sozdannimi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
23. 60-bandning “b” va “v” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
24. XI-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
25. 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“68. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini va (yoki) ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga doir oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yigʻim Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladi.”.
26. 73-bandda:
“a” va “b” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlariga qimmatli qogʻozlarni belgilangan tartibda ularga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli olish huquqini berish;”;
b) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qogʻozlarni olishga qonun hujjatlarida va (yoki) emitent ustavida cheklovlar mavjud boʻlishi;”;
“v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
27. 74-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) emitentning ustav kapitali oʻz kapitali hisobidan toʻlanadigan qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi orqali oshirilganda aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash. Bunda, aksiyalarni emitentning aksiyadorlari oʻrtasida joylashtirish emitent oliy boshqaruv organining oʻz kapitalini ustav kapitaliga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi qarori asosida hech qanday shartnomalar tuzilmagan holda amalga oshiriladi. Aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlash qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kundagi reyestr maʼlumotlari boʻyicha amalga oshiriladi;”.
28. 79-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
29. 80-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ushbu talab qimmatli qogʻozlarning yangi chiqarilishiga tatbiq etilmaydi.”.
30. 81-bandning ikkinchi xatboshisidan “kuzatuv kengashi raisi, shuningdek,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
31. 82-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“82. Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlar ushbu qimmatli qogʻozlar joylashtirilishi muddati ichida ularning haqi toʻliq toʻlanganidan va ular oluvchilarning depo hisobvaraqlariga oʻtkazilganidan keyin joylashtirilgan hisoblanadi.
Joylashtirilmagan qimmatli qogʻozlar bekor qilinishi lozim.”.
32. 85-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“85. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish muddati davomida qimmatli qogʻozlarni chiqarish natijalari boʻyicha bildirishnoma taqdim etilishiga qadar qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga va risolaga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish faqat quyidagi holatlarda emitentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi:
a) emitentning firma nomi oʻzgarganda, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga;
b) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganda;
v) aksiyalarni joylashtirish muddatining qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar doirasida uzaytirilganda;
g) agar bunday oʻzgarishlar va (yoki) qoʻshimchalarni kiritish Hukumat qarorlari sababli amalga oshirilsa.”.
33. Quyidagi mazmundagi 851-band bilan toʻldirilsin:
“851. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish natijalari boʻyicha bildirishnoma topshirilgandan keyin qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish faqat quyidagi holatlarda emitentning yozma arizasi asosida amalga oshiriladi:
a) emitentning firma nomi oʻzgarganda, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga;
b) toʻliq joylashtirilmaganda;
v) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarganda;
g) jamiyat ustav kapitalini kamaytirish maqsadida aksiyalar umumiy soni qisqartirilganda.”.
34. 91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91. Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun emitent roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
a) avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganligini tasdiqlovchi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, shuningdek sanoq komissiyasi tomonidan tuzilgan kvorum va ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma nusxasi yoki bayonnomadan koʻchirma, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilgan taqdirda esa — yigʻilish bayonnoma nusxasi yoki bayonnomasidan koʻchirma, ovoz berishda ishtirok etgan kuzatuv kengashi aʼzolarining familiyasi, ismi, sharifi koʻrsatilgan holda;
b) mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza;
v) mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq shaklda avval roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarishlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalarning matni, shuningdek mazkur Qoidalarning 85-bandida nazarda tutilgan holatlarda risolaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar matni, mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq shaklda uch nusxada;
g) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati, bankning toʻlov oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgisi bilan;
d) mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha davlat roʻyxatiga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati.
Ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan qaror yagona aksiyador tomonidan qabul qilingan boʻlsa, tegishli aksiyador qarorining nusxasi taqdim etiladi.”.
35. 92-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
36. 94-bandning “b” kichik banddagi “chiqarishni (qoʻshimcha chiqarishni) toʻxtatib qoʻyishga sabab boʻlgan qonun buzishlarini emitent tomonidan bartaraf etilmagan yoki chiqarish (qoʻshimcha chiqarish) toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda ushbu chiqarishdagi qimmatli qogʻozlarning 60 foizidan kam qismini joylashtirilgan taqdirda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
37. 102-bandda:
“a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi, “b” kichik bandning beshinchi xatboshisi va “g” kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “xizmat koʻrsatuvchi depozitariy tomonidan berilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
38. 108-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan koʻrsatilgan muddat ichida qayta murojaat etilgan taqdirda, yangitdan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklardan tashqari yangi asoslarga koʻra emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
39. 1 — 1a-ilovalar ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
40. 2-ilovada:
“QONUNI 58-MODDASIGA” degan soʻzlar “QONUNI 61-MODDASIGA” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
29-bandning uchinchi xatboshisi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi investitsiya vositachisining tashkiliy-huquqiy shaklini oʻz ichiga olgan toʻliq firma nomi, joylashgan joyi, pochta manzili, telefoni.”;
izohlar chiqarib tashlansin.
41. 2a-ilovada:
“QONUNI 58-MODDASIGA” degan soʻzlar “QONUNI 61-MODDASIGA” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
34-bandning birinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
34-bandning ikkinchi xatboshisi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi investitsiya vositachisining tashkiliy-huquqiy shaklini oʻz ichiga olgan toʻliq firma nomi, joylashgan joyi, pochta manzili, telefoni: ____________________.”.
42. 2b-ilovada:
“QONUNI 58-MODDASIGA” degan soʻzlar “QONUNI 61-MODDASIGA” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
32-bandning “d” kichik bandidagi “jamiyatning” degan soʻz “emitentning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
37-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
37-bandning uchinchi xatboshisi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi investitsiya vositachisining tashkiliy-huquqiy shaklini oʻz ichiga olgan toʻliq firma nomi, joylashgan joyi, pochta manzili, telefoni.”;
izohlar chiqarib tashlansin.
43. 2v-ilovada:
“QONUNI 58-MODDASIGA” degan soʻzlar “QONUNI 61-MODDASIGA” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21-banddagi “depozitariyga” degan soʻz “investitsiya vositachisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
30-bandning uchinchi hatboshisi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi investitsiya vositachisining tashkiliy-huquqiy shaklini oʻz ichiga olgan toʻliq firma nomi, joylashgan joyi, pochta manzili, telefoni.”;
izohlar chiqarib tashlansin.
44. 9 va 10 ilovalardagi “KELIShILGAN”* Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki _______________ (rahbarning lavozimi, F.I.Sh., imzo) “___” _______ 20___ y. M.J.” hamda “* Tijorat banklari uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
45. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2015-yil 6-oktabr
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 5-oktabr
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 1-ILOVA
* Baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan hollar uchun.
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga 1a-ILOVA
* Obligatsiyalar uchinchi shaxsning taʼminoti ostida chiqarilgan taqdirda.
** Baholovchi tashkilot majburiy tarzda jalb etilgan hollar uchun.”.
