Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (311-son)
03.11.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, qishloq va suv xoʻjaligi sohasi oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, taʼlim jarayoniga zamonaviy yuqori samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻqitishning ilgʻor usullarini faol joriy etish, qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari pedagog kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2015 — 2017-yillar davrida qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining zarur ixtisosli va maʼlumot darajasiga ega boʻlgan oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ular egallagan mutaxassislikka muvofiq ishga joylashtirish ishlarini takomillashtirish;
davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalari va oʻquv fanlari dasturlarini yangilash asosida qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, oʻquv jarayoniga zamonaviy yuqori samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, talabalarning malaka amaliyotlarini tashkil etishni takomillashtirish;
zamonaviy ishlab chiqarish talablarini va ilgʻor texnologiyalarni hisobga olgan holda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va pedagog kadrlarini, qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarini, shuningdek fermer xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarini sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash;
yetakchi olimlar va tajribali mutaxassislarni oʻquv jarayoniga jalb etish, qoʻshma tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish, keyinchalik ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish yoʻli bilan qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha taʼlim, fan va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining integratsiyasini chuqurlashtirish;
qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorligi mustahkamlanishiga koʻmaklashish, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish hamda professor-oʻqituvchilar tarkibining pedagogik va kasbiy saviyasini oshirish uchun xalqaro grantlarni jalb etish, axborotlarni va toʻplangan amaliy tajribani keng ayirboshlash;
qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlimning izchilligi va uzluksizligini taʼminlash, oʻqituvchilar tarkibining kasb darajasini va oʻquv jarayoni sifatini oshirishda, oʻquv va metodik adabiyotlar tayyorlashda qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga amaliy yordam koʻrsatish;
qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish hamda ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xoʻjaliklarining rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ham oliy taʼlim muassasalari bazasida, ham kasb-hunar kollejlarida fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitishning butun tizimini, shuningdek fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarini tashkil etish boʻyicha kompleks masalalarni qamrab olishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda kiritsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi institutining yangilangan ustavlarini ikki oy muddatda, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
2015-yil 20-dekabrgacha boʻlgan muddatda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari fakultetlari va kafedralarini yuqori malakali kadrlar bilan butlash, oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, darsliklar va oʻquv adabiyotlari, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2016/2017 oʻquv yilida respublika qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash boʻyicha qabul kvotasini ishlab chiqishda oʻrmon xoʻjaligi va dorivor oʻsimliklar boʻyicha bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarining talab yuqori boʻlgan yangi taʼlim yoʻnalishlarini ochishni nazarda tutsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan buyurtmanomalari boʻyicha 2016-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda 2015 — 2017-yillar davrida qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturida nazarda tutilgan qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlarini nazarda tutsinlar.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq va suv xoʻjaligining yetakchi tashkilotlari va tarmoqlari bazasida talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va oʻtkazishda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga amaliy yordam koʻrsatsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 3-noyabr,
311-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga 1-ILOVA
2015 — 2017-yillar davrida qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
DASTURI
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddati Moliyalashtirish manbalari Masʼul bajaruvchilar Amalga oshirish shakli I. Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan real ehtiyojini aniqlash 1. Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun mutaxassislarning lavozimlari va ishchilar kasblarining namunaviy nomenklaturasini, shuningdek fermer xoʻjaliklarining namunaviy shtatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2015-yil dekabr — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi Bajaruvchilarning qoʻshma qarori 2. Fermer xoʻjaliklaridagi asosiy kasblar va lavozimlar boʻyicha tarif-malaka tavsiflarini ishlab chiqish, tasdiqlash va nashr etish. 2015-yil dekabr — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi Bajaruvchilarning qoʻshma qarori 3. Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan ehtiyoji prognoz parametrlarini aniqlash. har yili dekabrda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 4. Fermer xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari uchun yangi lavozimlar va kasblarni joriy etishni, shuningdek mintaqaviy xususiyatlarni va kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni hisobga olgan holda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga talabalar qabul qilishning har yilgi kvotalari boʻyicha takliflarni shakllantirish. har yili yanvarda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 5. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari kontingentini hisobga olgan holda ish oʻrinlari tashkil etishning prognoz parametrlarini aniqlash. har yili aprelda — Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi II. Davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalarini va oʻquv fanlari dasturlarini yangilash, zamonaviy, yuqori samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga joriy etish asosida qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish 6. Fermer xoʻjaliklarining, qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlarining xususiyatlarini va faoliyatini, mehnat bozori konyukturasini, lavozimlar va kasblarning yangi nomenklaturasini, kadrlardan foydalanuvchilarning mutaxassislarning bilimlariga, mahoratiga va kasbiy koʻnikmalariga boʻlgan zamonaviy talablarini hisobga olgan holda davlat taʼlim standartlarini, oʻquv rejalarini va oʻquv fanlari dasturlarini takomillashtirish, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini oʻquv-metodik taʼminlashni yaxshilash. 2015-2016-yillar — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 7. Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha bakalavriat va magistratura ixtisosliklarining talab katta boʻlgan ochilayotgan yangi taʼlim yoʻnalishlarini hisobga olgan holda Oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklari klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. 2016-yil may — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 8. Yangi pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, zamonaviy oʻquv va metodik adabiyotlardan foydalanish, ularning axborot-resurs markazlarini zamonaviy elektron-kutubxona tizimlari bilan jihozlash yoʻli bilan qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayoni sifatini yaxshilash. 2015 — 2017-yillar Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlari, homiylar mablagʻlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 9. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi har bir oliy taʼlim muassasasida eng yaxshi bitirish malakaviy ishi, eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi va talabalar ilmiy konferensiyasidagi eng yaxshi maʼruza uchun tanlovlarni oʻtkazish. har yili aprel-mayda Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, manfaatdor tashkilotlar, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi Kelgusida ularni ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatga aniq maqsadli tayyorlash uchun qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining bakalavrlari va magistrantlari orasidan 100 nafar iqtidorli talabalarni tanlash, ularni moddiy ragʻbatlantirishni tashkil etishni nazarda tutish. 2015-yil noyabr Homiylar mablagʻlari Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining bakalavrlari va magistrantlari orasidan iqtidorli talabalar roʻyxatini har yili yangilab borish. har yili martda Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Kengashlarining aʼlochi talabalari uchun maxsus stipendiyalarni, shuningdek homiylarning 12 ta maxsus stipendiyalarini taʼsis etish. har yili noyabrda Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari Yaqin vaqtlarda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishni moʻljallayotgan qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining hamda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi ilmiy-tadqiqot institutlarining (keyingi oʻrinlarda ilmiy muassasalar deb ataladi) 50 nafar eng yaxshi tayyorlangan katta ilmiy xodimlari-izlanuvchilarini va mustaqil ilmiy izlanuvchilarini tanlash, ularni moddiy ragʻbatlantirishni tashkil etishni nazarda tutish. 2015-yil noyabr Homiylar mablagʻlari III. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining hamda qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarining malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni tizimli asosda taʼminlash a) Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 10. Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash talablariga muvofiq qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlash. har yili 1-dekabrgacha — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 11. Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. doimiy ravishda Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi b) Qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarining, shuningdek fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash 12. Qishloq va suv xoʻjaligi mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat talablarini, oʻquv rejalarini, dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2015-yil dekabr — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat test markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor tashkilotlar Bajaruvchilarning qoʻshma qarori 13. Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qisqa muddatli kurslarini tashkil etish va oʻtkazish. har yili 2015 — 2017-yillar jadvali boʻyicha Qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlari mablagʻlari Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor tashkilotlar Bajaruvchilarning qoʻshma qarori 14. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida quyidagilar boʻyicha har yilgi qisqa muddatli kurslarni tashkil etish: suv xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari uchun malaka oshirish boʻyicha; suv xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash boʻyicha. har yili jadval boʻyicha Qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlari mablagʻlari Bajaruvchilarning qoʻshma qarori 15. Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha kasb-hunar kollejlarida suv xoʻjaligi hamda suv isteʼmolchilari uyushmalari, shuningdek 2013-2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha davlat dasturini amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlarning mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish. har yili jadval boʻyicha Suv xoʻjaligi tashkilotlarining va suv isteʼmolchilari uyushmalarining, boshqa manfaatdor tashkilotlar va homiylarning mablagʻlari Bajaruvchilarning qoʻshma qarori 16. Maxsus oʻquv auditoriyalarini va laboratoriyalarini, shuningdek suv xoʻjaligining demonstratsiya obyektlarini va dala uchastkalarini suv xoʻjaligi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalari rahbarlari va mutaxassislarining, shuningdek suv xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv-demonstratsiya materiallarini tayyorlash, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalar bilan jihozlash. Ularni suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishidagi eng yangi yutuqlar bilan yangilab borishni taʼminlash. har yili jadval boʻyicha Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti, “Oʻzmeliomashlizing” DLK mablagʻlari, suv xoʻjaligi tashkilotlari va homiylar mablagʻlari Suv xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti, “Oʻzmeliomashlizing” DLK, manfaatdor vazirliklar va idoralar Bajaruvchilarning qoʻshma qarori 17. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarini tashkil etish. 2015-yil dekabr Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining markazlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari, Homiylar mablagʻlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi IV. Qishloq va suv xoʻjaligi, ilm-fan hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi boʻyicha taʼlimni integratsiyalashni chuqurlashtirish 18. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini tanlash va shakllantirishga jalb etish. Qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari boʻyicha ilmiy-innovatsiya loyihalarini tanlash boʻyicha tanlovlarda birgalikda ishtirok etishi. 2015 — 2017-yillar jadval boʻyicha — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy muassasalar Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 19. Ilmiy muassasalarning yetakchi ilmiy xodimlarini va ishlab chiqarishning tajribali mutaxassislarini qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalaridagi pedagogik faoliyatga, qishloq va suv xoʻjaligida fan va texnikani rivojlantirishning eng dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqishga jalb etish. doimiy ravishda, tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida Oliy taʼlim muassasalarining ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlari, homiylar mablagʻlari Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy muassasalar, manfaatdor tashkilotlar Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 20. Ilmiy muassasalar tomonidan qishloq va suv xoʻjaligi oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchilarini, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarini va mustaqil ilmiy izlanuvchilarini qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga jalb etish. doimiy ravishda, tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida Ilmiy muassasalarning ushbu maqsadlarga ajratiladigan mablagʻlari, homiylar mablagʻlari Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy muassasalar Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 21. Talabalar, oʻqituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining fakultetlari va yetakchi soha kafedralari kabinetlarini tashkil etish. 2015-yil dekabr Bajaruvchilar mablagʻlari Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarining tashkilotlari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash 22. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari hamda yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalar oʻrtasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash. 2015 — 2017-yillar Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar 23. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xalqaro grantlarni jalb etish. 2015 — 2017-yillar tuzilgan shartnomalarga muvofiq Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 24. Axborotlar, toʻplangan tajriba va mutaxassislarning keng almashinuvini taʼminlash, pedagog kadrlarning yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalardagi stajirovkalarini tashkil etish. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida leksiyalar va maxsus mashgʻulotlar oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning yuqori malakali olimlarini taklif etish. doimiy ravishda Bajaruvchilar va homiylar mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning grantlari qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, manfaatdor tashkilotlar Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi VI. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishni tubdan takomillashtirish hamda ularni ishga joylashtirish ishlarining samaradorligini oshirish 25. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatish va homiylik qilish. har yili jadval boʻyicha Homiylar mablagʻlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari 26. Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashlari va ilmiy ishlanmalarning sinovlarini oʻtkazishlari uchun qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari qoshidagi har bir oʻquv-tajriba xoʻjaligining 5 gektardan sugʻoriladigan yer maydonini davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishdan ozod qilish. 2015-yil noyabr-dekabr — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hokimliklari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hokimliklari qarorlari 27. Talabalarni ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun yetakchi xorijiy qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi tashkilotlariga yuborish. 2015 — 2017-yillar tuzilgan shartnomalarga muvofiq Xalqaro tashkilotlarning, xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarining grantlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar 28. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanining “Navoiy” qishlogʻi hududida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi “ToshDAU Eksperimental muassasasi” oʻquv-tajriba xoʻjaligini tugatish, belgilangan tartibda quyidagilarni: 58,9 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan “VUZ AGRO” masʼuliyati cheklangan jamiyatga (“VUZ AGRO” MCHJ) meva, sabzavot va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hamda 149,5 gektarini keyinchalik fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun Oʻrta Chirchiq tumani hokimligining yer zaxirasiga berilishini; binolar, inshootlar va boshqa mol-mulkning tezkor boshqaruv huquqi bilan Toshkent davlat agrar universitetiga, keyinchalik “VUZ AGRO” MCHJga begʻaraz foydalanishga berilishini taʼminlash. 2015-yil dekabr — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi va qoʻshma qarorlari 29. Andijon qishloq xoʻjaligi instituti qoshidagi “AQXI oʻquv-tajriba xoʻjaligi”ning Andijon viloyati Andijon tumani “Koʻyganyor” qishlogʻi hududidagi 9,7 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan Gʻalla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutiga hamda 143,3 gektarini keyinchalik fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun Andijon viloyati Andijon tumani hokimligining yer zaxirasiga berish. 2015-yil dekabr — Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi va qoʻshma qarorlari 30. Davlat unitar korxonasi shaklida Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida “Veterinariya xizmati koʻrsatish ilmiy-amaliy markazini (“Vetservis”)” va “Naslchilik ilmiy-amaliy markazini (“Naslservis”)”, Andijon qishloq xoʻjaligi institutida — “Oʻsimliklarni biologik himoya qilish ilmiy-amaliy markazini (“Bioservis” IAM)” tashkil etish. Tashkil etiladigan markazlar bazasida talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etgan holda ularning amaliyot oʻtashini tashkil etish. 2015-yil dekabr Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti va Andijon qishloq xoʻjaligi institutining markazlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi instituti, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 31. Har yilgi mehnat yarmarkalarini, boʻsh oʻrinlar taqdimotlarini tashkil etgan, ommaviy axborot vositalarida bakalavrlar va magistrlarning bitirishi toʻgʻrisidagi obzorli va statistik materiallarni eʼlon qilgan holda, talabalar, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari va ish beruvchilar oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazish va uch tomonlama shartnomalar tuzish yoʻli bilan bitiruvchilarning ishga joylashishiga koʻmaklashish. har yili, aprel-iyun oylarida Bajaruvchilar mablagʻlari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar , manfaatdor tashkilotlar Talabalar, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi shartnomalar 32. Oʻzbekiston Fe�merlari kengashi hamda qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish. doimiy ravishda Bajaruvchilar mablagʻlari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilar-ning Chora-tadbirlari kompleksi VII. Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarida oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlimning uzviyligini va uzluksizligini taʼminlash, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga oʻquv jarayonining sifatini oshirishda amaliy yordam koʻrsatish 33. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida oʻquv jarayonini tashkil etish va sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini va dasturlarini amalga oshirishga jalb etish. doimiy ravishda Bajaruvchilar mablagʻlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalar 34. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kasb-hunar kollejlari uchun quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish: “Qishloq xoʻjaligida menejment”, “Oʻrmonchilik va oʻrmon melioratsiyasi”, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik”, “Oʻsimliklarni himoya qilish va karantin”, “Elektroenergetika (suv xoʻjaligida)”, “Suv xoʻjaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”. 2016-2017 oʻquv yilidan boshlab Bajaruvchilar mablagʻlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari 35. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish. har yili, tasdiqlangan jadvallar asosida Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 36. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va oʻquv adabiyotlari tayyorlashga jalb etish. 2015 — 2017-yillar, Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 37. Kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich oʻquvchilarini qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga jalb etishga doir manzilli amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. doimiy ravishda — Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi VIII. Qishloq va suv xoʻjaligi so�asidagi oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish hamda ularni oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash 38. Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etiladigan Oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti markazi binosini mukammal taʼmirlash, uni zarur oʻquv-laboratoriya va ilmiy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlash. 2015-2016-yillar Homiylar mablagʻlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, manfaatdor tashkilotlar Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi 39. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan takliflariga muvofiq quyidagi loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritish: Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish, Qishloq va suv xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish fakultetlarining oʻquv-laboratoriya korpusini, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining binosini, laboratoriya korpusini va nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish; Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining Zootexniya va qorakoʻlchilik fakulteti binosi qurilishini tugallash; Samarqand va Andijon qishloq xoʻjaligi institutlarining, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining oʻquv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish. 2016-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 40. Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining oʻquv-laboratoriya binolarini, talabalar turar joylarini, oʻquv-mashina-traktor parklarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya va texnologiya asbob-uskunalari, axborot-kommunikatsiya vositalari, mebel, anjomlar, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan jihozlash. har yili Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doira-sida, homiylar mablagʻlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari, manfaatdor tashkilotlar Bajaruvchilarning Chora-tadbirlari kompleksi
