Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan tibbiyot anjomlariga boʻlgan minimal talablarga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2396-1-son)
03.11.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2396-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 3-oktabrdagi 281-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2396, 2012-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 500-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan, tibbiyot anjomlariga boʻlgan minimal talablarga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 8-oktabr,
37-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 8-oktabrdagi 37-son buyrugʻiga ILOVA
Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa texnika vositalariga, shu jumladan tibbiyot anjomlariga boʻlgan minimal talablarga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 11-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Nefrologiya ixtisoslik turida gemodializ muolajasini oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda quyidagi tibbiyot asbob-uskunalari va anjomlari boʻlishi lozim:
gemodializ apparati toʻplami;
muzlatkich;
dezinfeksiya eritmalari uchun kyuvet;
siydik chiqarish kateteri (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
kornsang (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
qaychi (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
pinset (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
zond (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
tsapka (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
buyraksimon lotok (2 donadan kam boʻlmasligi lozim).”.
2. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Nefrologiya ixtisoslik turida gemodializ muolajasini oʻtkazish uchun qoʻshimcha ravishda quyidagi tibbiyot asbob-uskunalari va anjomlari boʻlishi lozim:
gemodializ apparati toʻplami;
dezinfeksiya eritmalari uchun kyuvet;
siydik chiqarish kateteri (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
kornsang (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
qaychi (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
pinset (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
zond (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
tsapka (2 donadan kam boʻlmasligi lozim);
buyraksimon lotok (2 donadan kam boʻlmasligi lozim).”.
3. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 5-oktabr,
