Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (267-son)
26.07.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yigʻimlarni undirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda) 2-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori 1-bandining oxirgi xatboshi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar importini tariflar bilan boshqarishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 29-iyundagi 284-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi R QT, 2001-y., 6-son, 35-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 61-modda) 3-bandining uchinchi va toʻrtinch xatboshlari hamda 4-bandining ikkinchi xatboshi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-iyul,
267-son
