Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (537-II-son)
30.08.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:
“N.S. Yusupovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri — Agrosanoat kompleksi rahbari vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi 2003-yil 26-maydagi Farmoni;
“A.M. Djurayevni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida”gi 2003-yil 5-iyundagi Farmoni;
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari — Respublika Harbiy prokurori B.A. Dexqanovni lavozimidan ozod etish haqida”gi 2003-yil 16-iyundagi Farmoni;
“Sh.Sh. Uzakovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari — Respublika Harbiy prokurori lavozimiga tayinlash haqida”gi 2003-yil 16-iyundagi Farmoni;
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari A.U. Ergashevni lavozimidan ozod etish haqida”gi 2003-yil 29-iyuldagi Farmoni;
“A.U. Bahromovni Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi 2003-yil 30-iyuldagi Farmoni tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-avgust,
537-II-son
