Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yildagi ijrosi toʻgʻrisida (467/2-son)
23.04.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yildagi ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot maʼqullansin va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oʻn birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-aprel,
467/2-son
