Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisida (695-II-son)
01.12.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilgan axborotni koʻrib chiqib, Oliy Majlisning Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasining, fraksiyalari hamda bloklarining takliflarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oʻn oltinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-dekabr,
695-II-son
