Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi toʻgʻrisidagi arizasi haqida (17-I-son)
28.01.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi toʻgʻrisidagi arizasi qanoatlantirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining yangi tarkibi shakllantirilgunga qadar oʻz vazifalarini bajarishni davom ettirib tursin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 28-yanvar,
17-I-son
