Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjetining parametrlari toʻgʻrisida (657-II-son)
26.08.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjetining parametrlari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Sh. Mirziyoyev) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini Oliy Majlis deputatlari tomonidan bildirilgan mulohazalar va takliflarni inobatga olgan holda maromiga yetkazsin hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining muhokamasiga kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-avgust,
657-II-son
