Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish shkalasini takomillashtirish toʻgʻrisida (PF-2793-son)
26.12.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yilgi davlat budjeti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 157-II-son qaroriga muvofiq hamda mehnatni ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish, jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va bir xil qilish maqsadida:
1. 2001-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslar daromad soligʻining eng kam stavkasi 15 foizdan 12 foizga va eng koʻp stavkasi 40 foizdan 36 foizgacha pasaytirilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2001-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning daromad soligʻi ilovaga muvofiq stavkalar boʻyicha ularning jami daromadidan undirib olinadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 26-dekabr,
PF-2793-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-dekabrdagi PF-2793-son Farmoniga ILOVA
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq
stavkalari
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 12-son, 182-modda)
