Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (629-II-son)
30.04.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining:
“Sirdaryo viloyatining mamuriy-hududiy tuzilishiga baʼzi oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 11-fevraldagi qarori;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Qoraqalpogʻiston Respublikasining Boʻzatov tuman mamuriy-hududiy tuzilmasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi haqida”gi 2004-yil 11-fevraldagi qarori tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 30-aprel,
629-II-son
