2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi loyihasi toʻgʻrisida (768-II-son)
13.11.2013
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2013-yil 25-oktabrda kiritilgan 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi bir hafta muddat ichida 2014-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 13-noyabr,
768-II-son
