Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (945-son)
30.09.2015
Jizzax viloyati Zomin tumani hokimning
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son qarori va viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2015-yil 15-aprelda tuman hokimining oʻrinbosarlari rahbarligida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishchi guruhi tuzildi:
koʻp xonadonli uylarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash, umumiy foydalanish joylarini, mahalla hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida va yetarli darajada taʼminlash ishlarini tashkil etish, elektr taʼminoti va tabiiy gaz obyektlarini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi (A. Abdugʻaniyev);
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni tashkil etish, ularning sanitariya holati va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi (Sh. Joʻrayev).
2015/2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini barqaror faoliyat yuritishga tayyorlash uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilandi.
3. Quyidagilar:
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
2015/2016-yilar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha topshiriqlar 5-ilovaga muvofiq;
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman komissiyasi:
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turarjoy binolari, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini, shuningdek tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarni oʻz vaqtida amalga oshirsin.
5. Tuman hokimining oʻrinbosarlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga 2015/2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Tuman ishchi guruhi (A. Abdugʻaniyev, Sh. Joʻrayev) qishloq va mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari bilan birgalikda aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan qozonlarni oʻrnatish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borsin.
7. Tijorat banklari rahbarlariga — uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun kredit mablagʻlarini ajratish, ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha monitoring olib borish, hududlarga biriktirilgan bank xodimlari tomonidan joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 24-iyuldagi 755-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari A. Abdugʻaniyev va Sh. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.
Hokim B. SAFAROV
Zomin t.,
2015-yil 30-sentabr,
945-son
Tuman hokimining 2015-yil 30-sentabrdagi 945-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR
T/r Tadbirlar nomi Ijro muddati Ijro uchun masʼullar 1. Tuman aholi punktlari, kommunal xoʻjaligi korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, ijtimoiy soha muassasalaridagi qozonlarni taʼmirlash va muhandislik tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini tashkil etish; Aholi isteʼmoli uchun suyultirilgan gaz (ovqat tayyorlash uchun), koʻmir, koʻmir briketi, shuningdek ichimlik suvi (tashib keltirish bilan birga) yetib borishi qiyin boʻlgan aholi punktlariga doimiy ichimlik suvini yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash. 2015-yil 10-oktabr Tumandagi boshqarma, korxona va tashkilotlar 2. Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik manbai, elektr energiyasi, tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha, bunda oʻtgan isitish mavsumidagi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2015-yil 10-oktabr 3. 2015-2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz neft mahsulotlari, gaz kondensati, suyultirilgan gaz, koʻmir va koʻmir briketi bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2015-yil 10-oktabr “Zomin tuman gaz” va “Dashtobod shahar gaz” filiali, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, aloqador tegishli tashkilotlar rahbarlari 4. Kuz-qish mavs�mi davrida tumanda tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarni aniqlab, ushbu hududlardagi aholi va ijtimoiy soha obyektlarini belgilangan tartibda yetarlicha koʻmir va koʻmir briketi yetkazib berish boʻyicha grafigini tasdiqlash. 2015-yil 10-oktabr “Zomin tuman gaz” va “Dashtobod shahar gaz” filiali 5. Aholi isteʼmoli uchun suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha oyma-oy grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. Aholi isteʼmoli uchun suyultirilgan gaz bilan taʼminlash infrastrukturasini rivojlantirish. 2015-yil 10-oktabr 2015-yil 25-oktabr “Zomin tuman gaz” va “Dashtobod shahar gaz” filiali 6. Kuz-qish mavsumida soatiga maksimal kuchlanish bilan ishlaydigan energiya taʼminotini, energiya isteʼmolini barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2015-yil 1-noyabr Tuman elektr tarmoqlari korxonasi 7. 2015-2016-yillar kuz-qish davrida toifalangan va oʻta muhim obyektlarni elektr energiya va tabiiy gazdan oʻchirmaslik maqsadida ularning roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2015-yil 1-noyabr “Zomin tuman gaz” va “Dashtobod shahar gaz” filiali, tuman elektr tarmoqlari korxonasi, aloqador tegishli tashkilotlar rahbarlari 8. 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumining tez sovuq kunlari asosiy isteʼmolchilarni tabiiy gaz isteʼmolidan uzish va tabiiy gaz isteʼmolini qisqartirish boʻyicha isteʼmolchilar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. 2015-yil 1-noyabr “Zomin tuman gaz” va “Dashtobod shahar gaz” filiali, aloqador tegishli tashkilotlar rahbarlari 9. Oʻtgan isitish davrida tabiiy gaz yetkazib berishda kuchlanish bilan ishlagan hududlarni roʻyxatini tuzish, chegaralarini aniqlash. 2015-yil 25-oktabr “Zomin tuman gaz” va “Dashtobod shahar gaz” filiali, aloqador tegishli tashkilotlar rahbarlari 10. Isitish davrini tashkillashtirishda va tayyorlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan ayrim korxona, tashkilot va xoʻjalik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatiga tanqidiy baho berib borish. Doimiy Tuman komissiyasi, “Sharq tongi” gazetasi 11. Kuz-qish davrida aholi isteʼmoli uchun gazni boʻshatish maqsadida qozonlarning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun qattiq va suyuq yoqilgʻilar zaxirasini jamgʻarish. 2015-yil 1-noyabr Tuman elektr tarmoqlari korxonasi, aloqador tashkilot va korxonalar 12. Elektr tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirishni taʼminlash. 2015-yil 1-noyabr Tuman elektr tarmoqlari korxonasi 13. Koʻmir briketi ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etgan holda aholini koʻmir briketi bilan taʼminlash. 2015-yil 1-noyabr Aloqador korxona va tashkilotlar 14. Mavjud isitish qozonlarini koʻmirga moslashtirilgan ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan hududlarda qozonlarni yangisiga almashtirish yoki qoʻshimcha koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash boʻyicha oyma-oy grafik ishlab chiqqan holda idoralararo manzilli dasturini ishlab chiqish hamda belgilangan muddatda bajarilishini taʼminlash. 2015-yil 25-oktabr “Zomin tuman gaz” va “Dashtobod shahar gaz” filiali, tuman XTMFMT va TE boʻlimi, aloqador tegishli tashkilotlar rahbarlari 15. Hududlarda aholini suyultirilgan gaz va koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash boʻyicha tuman gazetasi orqali aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini faol olib borish. har oyning 10 sanasida Tuman “Sharq tongi” gazetasi 16. Mahalla tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tasdiqlangan dasturlar ijrosini tashkillashtirishda, mahallaga biriktirilgan uchastka nozirlari, soliq inspektorlari, sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi, biriktirilgan tashkilot va korxonalar, tijorat banklari tomonidan bajarilishini taʼminlash; koʻp qavatli uy-joy fondini saqlash, texnik sozligi holati, uy-joy fondini texnik foydalanishda qoida va meʼyorlar talabi asosidaligi; koʻp qavatli uylarni jihozlash va ularni uzluksiz ishlatilishida sanitar-texnik va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi; koʻp qavatli uy-joylarni joriy taʼmirlash, uy ichidagi jihozlardagi avariyalarni bartaraf etishda doimiy koʻrikdan oʻtkazish chora-tadbirlarini belgilash. Tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida Biriktirilgan korxona va tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlari 17. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli koʻcha va yoʻllarda qish mavsumida muzlik hosil boʻlmasligini oldini olish uchun zarur boʻladigan xomashyo va jihozlarni tashkil qilish choralarini ishlab chiqish. 2015-yil 25-oktabr Aloqador tashkilot va korxonalar 18. Tumandagi koʻp qavatli uy-joylarni taʼmirlash uchun tijorat banklarining maqsadli va imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish choralarini ishlab chiqish. Joriy yilda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan maqsadli imtiyozli kredit mablagʻlarini hajmini oʻtgan yillarga nisbatan 2.5-3-martaga koʻpaytirish. 2015-yil 1-noyabr Tuman tijorat banklari 19. Koʻp qavatli uy-joy fondi tom qismini mukammal va joriy taʼmirlashning bajarilishini taʼminlash. 2015-yil 1-noyabr Uy-joy mulkdorlari shirkatlari, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 20. Issiqlik energiyasi olmaydigan koʻp qavatli uylarni aniqlash. Ularni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 2015-yil 15-oktabr 2015-yil 1-noyabr Aloqador tashkilot va korxonalar 21. Koʻp qavatli bino va inshootlarda yongʻin xavfsizligi meʼyorlari talablariga rioya etilishini oʻrganish. 2015-yil 25-oktabr Tuman ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi, tegishli korxona va tashkilotlar 22. Koʻp qavatli uy-joylardan foydalanishda, qish mavsumiga tayyorlash, belgilangan ish hajmlarini bajarish, issiqlik tizimini izolatsiya qilish, uy-joylarda issiqlik taʼminotining sifatini yaxshilash choralarini belgilash, yertoʻla va tom cherdaklarini koʻrish, muhandislik tarmoqlarining joylashuvi, issiqlik uzatish punkti, yertoʻla va kirish eshiklarining yopilishini taʼminlash. 2015-yil 25-oktabr tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, aloqador tashkilot va korxonalar 23. Korxonalardagi qozonlar va jihozlarning foydalanish texnik talablariga javob berishini nazorat qiluvchi organlar bilan oʻrganib chiqish, talabga javob bermaydigan qozonlarda uzish ishlarini amalga oshirish. 2015-yil 25-oktabr “Zomin tuman gaz” va “Dashtobod shahar gaz” filiallari 24. Urush va mehnat faxriylariga xizmat koʻrsatuvchi “Muruvvat” va “Saxovat” uylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun kompleks chora-tadbirlar belgilash. 2015-yil 25-oktabr Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, aloqador korxona va tashkilotlar 25. Ijtimoiy soha obyektlaridagi bino va inshootlardagi muhandislik tarmoqlari, shu jumladan hojatxonaning sanitariya-gigiyena meʼyorlari talablariga javob berishi, qishloq joylardagi ijtimoiy tarmoqlarni zaruriy qurilish metariallari bilan korxonalarning smeta xarajatlarida belgilangan mablagʻlar hisobidan taʼmirlash boʻyicha zaruriy choralar koʻrish. 2015-yil 25-oktabr Tegishli korxona va tashkilotlar 26. 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni hududiy komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqd�m etib borish. har 10 kunda Tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari
Tuman hokimining 2015-yil 30-sentabrdagi 945-sonli qaroriga 2-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va mukammal taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Tuman nomi Mukammal taʼmirlash Koʻp qavatli uylar (dona) Qozonxonalar (dona) Qozonlar (dona) Issiqlik tarmoqlari (km) Ichimlik suvi tarmoqlari (km) Gaz tarmoqlari (km) Elektr tarmoqlari (km) Transformator podstansiyasi (dona) 1. Zomin tumani 1,1 70,6 18 Jami 1,1 70,6 18
Tuman hokimining 2015-yil 30-sentabrdagi 945-sonli qaroriga 3-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Tuman nomi Joriy taʼmirlash Koʻp qavatli uylar (dona) Qozonxonalar (dona) Qozonlar (dona) Issiqlik tarmoqlari (km) Issiqlik tarmoqlarini izolatsiya qilish (km) Ichimlik suvi tarmoqlari (km) Gaz taqsimlash punktlarini taftishdan oʻtkazish (dona) Elektr tarmoqlari (km) Transformator podstansiyasi (dona) 1. Zomin tumani 496 439 82 Jami 496 439 82
Tuman hokimining 2015-yil 30-sentabrdagi 945-sonli qaroriga 4-ILOVA
Ijtimoiy soha obyektlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Tuman nomi Mukammal taʼmirlash Joriy taʼmirlash Umumtaʼlim maktablari (dona) Bolalar uyi va maxsus maktab internatlar (dona) Bolalar bogʻchalari (dona) Kasalxona va qishloq vrachlik punktlari (dona) Internat uylari “Muruvvat” va “Saxovat” reabilitatsiya markazi, sanatoriya, urush va mehnat faxriylari dam olish muassasalari (dona) Umumtaʼlim maktablari (dona) Maktablardagi oynalarni almashtirish (kv.metr) Bolalar uyi va maxsus maktab internatlar (dona) Bolalar bogʻchalari (dona) Kasalxona va qishloq vrachlik punktlari (dona) Internat uylari “Muruvvat” va “Saxovat” reabilitatsiya markazi, sanatoriya, urush va mehnat faxriylari dam olish muassasalari (dona) 1. Zomin tumani 3 1 123 1 1 Jami 3 1 123 1 1
Tuman hokimining 2015-yil 30-sentabrdagi 945-sonli qaroriga 5-ILOVA
2015-2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha
TOPShIRIQ
T/r Tuman nomi Koʻmir (ming tonna) Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish (tonna) Issiqlik ishlab chiqarish korxonalariga mazut yetkazib berish (ming tonna) Jami Koʻmir mahsulotini budjet tashkilotlariga “Hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK orqali taʼminlash Shu jumladan, Aholiga koʻmir mahsulotini “Hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK orqali taʼminlash Shu jumladan, Koʻmirni birja orqali olish “Qishloq qurilish invest” IK Xalq taʼlimi Sogʻliqni saqlash Kasb-hunar koʻmirni yuklash koʻmir briketi 1. Zomin t 3,333 2,407 1,3 0,47 0,637 0,926 0,926 997,2 0,087 Jami 3,333 2,407 1,3 0,47 0,637 0,926 0,926 997,2 0,087
Tuman hokimining 2015-yil 30-sentabrdagi 945-sonli qaroriga 6-ILOVA
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi
TARKIBI
Izox: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning oʻrniga yangi tayinlangan yoki vazifasini bajaruvchi shaxslar komissiya aʼzosi hisoblanadi.
