Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida (2475-2-son)
27.10.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 27-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2475-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 27-maydagi 2013-26-son qarori (roʻyxat raqami 2475, 2013-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 349-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-oktabr,
2015-32-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 20-oktabrdagi 2015-32-son qaroriga ILOVA
Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 16-band “muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 17-band “muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. Mazkur qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 20-oktabr,
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 20-oktabr,
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 20-oktabr,
