“Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 4-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (2715-1-son)
27.10.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 27-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2715-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 30-iyuldagi PQ-929-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 2-sentabrdagi 38/QQ, 35-Q/Q-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻqituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 2715, 2015-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 38-son, 505-modda) 4-ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-oktabr,
41/QQ-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-oktabr,
47-Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 21-oktabrdagi 41/QQ, 47-Q-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2015-yil 2-sentabrdagi 38/QQ, 35-Q/Q-son qaroriga 4-ILOVA
Izoh: auditoriya yuklamasining bajarilganligi yarim yillik oxirida tegishli oʻqituvchi, kafedra mudiri va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan oʻquv mashgʻulotlari jurnali bilan solishtirib tekshiriladi. Koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilingandan keyin ushbu shakl ular tomonidan imzolanadi.
Izoh: oʻqituvchi ish turlarining bajarilgani boʻyicha asoslovchi hujjatlar va hisobotlarni jamlab boradi. Ish turlarining bajarilganligi tegishli oʻqituvchi, kafedra mudiri va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan tegishli hujjatlar va hisobotlar bilan solishtirilib, koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilingandan keyin ushbu shakl ular tomonidan imzolanadi.
*Izoh: Oʻqituvchi ish turlarining bajarilgani boʻyicha asoslovchi hujjatlar va hisobotlarni jamlab boradi. Ish turlarining bajarilganligi tegishli oʻqituvchi, kafedra mudiri va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan tegishli hujjatlar va hisobotlar bilan solishtirilib, koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilingandan keyin ushbu shakl ular tomonidan imzolanadi.
Izoh: oʻqituvchi ish turlarining bajarilgani boʻyicha asoslovchi hujjatlar va hisobotlarni jamlab boradi. Ish turlarining bajarilganligi tegishli oʻqituvchi, kafedra mudiri va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan tegishli hujjatlar va hisobotlar bilan solishtirilib, koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilingandan keyin ushbu shakl ular tomonidan imzolanadi.
Izoh: oʻqituvchi ish turlarining bajarilgani boʻyicha asoslovchi hujjatlar va hisobotlarni jamlab boradi. Ish turlarining bajarilganligi tegishli oʻqituvchi, kafedra mudiri va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan tegishli hujjatlar va hisobotlar bilan solishtirilib, koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilingandan keyin ushbu shakl ular tomonidan imzolanadi.
Izoh: oʻqituvchi ish turlarining bajarilgani boʻyicha asoslovchi hujjatlar va hisobotlarni jamlab boradi. Ish turlarining bajarilganligi tegishli oʻqituvchi, kafedra mudiri va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan oʻquv mashgʻulotlari jurnali, boshqa tegishli hujjatlar va hisobotlar bilan solishtirilib, koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilingandan keyin ushbu shakl ular tomonidan toʻldiriladi va imzolanadi.
Izoh: kafedra mudirlari va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan shaxsiy yillik ish rejalarining bajarilganligi tekshirilgandan keyin, ushbu shakl ular tomonidan toʻldiriladi va imzolanadi.”.
