Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2383-3-son)
27.10.2015
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 27-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2383-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 24-iyuldagi 2012-13-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2383, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 369-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 25-sentabr,
2015-16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2015-yil 25-sentabrdagi 2015-16-son buyrugʻiga ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari — qimmatli qogʻozlar emitentlari, qimmatli qogʻozlarning egalari, investorlar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, birjalar va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi;”.
2. Quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61. Qimmatli qogʻozlar bozorida emitentga yoki qimmatli qogʻozlarga taalluqli axborotni oshkor qilmasdan qimmatli qogʻozlar emissiyasini amalga oshirish, shuningdek insayder axborotdan foydalanish taqiqlanadi.”.
3. 8-bandning:
toʻrtinchi xatboshidagi “39-moddasi” degan soʻzlar “44-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidan “affillangan shaxslar roʻyxati, shuningdek affillangan shaxslar bilan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 11-banddagi “3-1–3-36-ilovalariga” degan soʻzlar “3-1–3-37-ilovalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 15-banddagi “40-moddasida” degan soʻzlar “45-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Investitsiya fondlari axborotni Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 44-moddasida nazarda tutilgan tartibda oshkor qiladi.”.
7. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Aksiyalar egasi mustaqil ravishda yoki affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining jami 20 va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq shaklda oshkor qilishi shart.”.
8. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Agar axborotni emitent tomonidan oshkor qilish muddatining tugashi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi va (yoki) fond birjasi veb-saytining ishlashidagi texnik nosozlik vujudga kelgan kunga toʻgʻri kelsa, veb-saytning ishlashidagi texnik nosozlik bartaraf etilgan kundan keyingi birinchi ish kuni axborotni oshkor qilish muddatining tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi.”.
9. 2-ilovadagi “Mansabdor shaxslarning (ijroiya organining) shaxsiy tarkibidagi oʻzgarishlar” degan soʻzlar “Kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi yoki ijroiya organining tarkibidagi oʻzgarishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 3-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
11. 3 — 8-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
12. 3 — 16-ilovadagi “Asosiy va aylanma mablagʻlar summasining” hamda “Kreditning asosiy va aylanma mablagʻlar summasidagi miqdori (aktivlarning balans qiymati) (%):” degan soʻzlar tegishlicha “Aktivlarining” hamda “Kreditning emitent aktivlarining balans qiymatidan miqdori (%):” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 3 — 31-ilovadagi “oʻzining qimmatli qogʻozlari egalari oldidagi” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlarni qaytarib sotib olishga (muomaladan chiqarishga) doir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda 3-37-ilova bilan toʻldirilsin.
15. 5-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotlarni taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 3-ILOVA
EMITENT FAOLIYATIDAGI MUHIM FAKTLAR ROʻYXATI
Muhim faktning nomi Muhim faktning raqami Nom oʻzgarishi 01 Joylashgan yer (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki veb-sayti oʻzgarishi 02 Qayta tashkil etilganligi 03 Faoliyatning toʻxtatilganligi 04 Faoliyatning tugatilganligi 05 Emitentning yuqori boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar 06 Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻzgarganligi 07 Kuzatuv kengashining, taftish komissiyasining yoki ijroiya organining tarkibidagi oʻzgarishlar 08 Filiallar roʻyxatidagi oʻzgarishlar 09 Vakolatxonalar roʻyxatidagi oʻzgarishlar 10 Shuʼba xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatidagi oʻzgarishlar 11 Tobe xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatidagi oʻzgarishlar 12 Emitentning mol-mulki va (yoki) bank hisobvaraqlari xatlanganligi 13 Emitentga nisbatan uning aktivlari qiymatining 10 foizidan ortiq miqdorda daʼvo qoʻzgʻatilganligi 14 Ustav kapitalining 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi 15 Aktivlarning 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi 16 Aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda koʻpayganligi 17 Aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda kamayganligi 18 Miqdori yoki mol-mulkining qiymati bitim tuzilgan sanadagi holatga koʻra emitent aktivlarining 10 foizidan ortigʻini tashkil etadigan emitentning bir martalik bitimlari 19 Emitent tomonidan yirik bitim tuzilishi 20 Affillangan shaxs bilan bitim tuzilishi 21 Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya olinganligi 22 Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning bekor qilinganligi yoki amal qilishi tugatilganligi 23 Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilganligi 24 Qimmatli qogʻozlarni chiqarish 25 Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini toʻxtatib turilishi 26 Qimmatli qogʻozlar chiqarilishining qayta tiklanganligi 27 Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini amalga oshmagan deb topish 28 Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini haqiqiy emas deb topish 29 Emitent 10 va undan ortiq foiz aksiyalarga (ulushlarga, paylarga) egalik qilayotgan yuridik shaxslar roʻyxatidagi oʻzgarishlar 30 Emitent qimmatli qogʻozlarni qaytarib sotib olishga (muomaladan chiqarishga) doir majburiyatlarini bajarish muddatlari kelganligi 31 Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni hisoblash 32 Emitentga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilganligi 33 Kuzatuv kengashi aʼzolarining emitent aksiyalariga egalik qilishidagi oʻzgarishlar 34 Ijroiya organi aʼzolarining emitent aksiyalariga egalik qilishidagi oʻzgarishlar 35 Affillangan shaxsl�r roʻyxatidagi oʻzgarishlar 36 Qimmatli qogʻozlar egalarida ularga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning emitent tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqining yuzaga kelganligi 37 ”.
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotlarni taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 3-8-ILOVA
1. EMITENTNING NOMI Toʻliq: Qisqartirilgan: Birja tikerining nomi:* 2. ALOQA MAʼLUMOTLARI Joylashgan yeri: Pochta manzili: Elektron pochta manzili:* Rasmiy veb-sayti:* 3. MUHIM FAKT TOʻGʻRISIDA AXBOROT Muhim faktning raqami: 08 Muhim faktning nomi: Kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi yoki ijroiya organining tarkibidagi oʻzgarishlar shaxsning vakolati tugatilgan hollarda № Shaxsning F.I.Sh. yoki ishonchli boshqaruvchining toʻliq nomi Lavozimi Tegishli aksiyalarning soni va turi 1. 2. shaxs saylangan (tayinlangan) hollarda № Shaxsning F.I.Sh. yoki ishonchli boshqaruvchining toʻliq nomi Lavozimi Tegishli aksiyalarning soni va turi 1. 2. Koʻrsatilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida emitentning qaror qabul qilgan organi: Qaror qabul qilingan sana: Bayonnoma tuzilgan sana: Boshqaruv organi bayonnomasidan koʻchirma va saylangan (tayinlangan) shaxsning yashash joyi koʻrsatilgan holda pasport maʼlumotlari** Oʻzgargandan soʻng kuzatuv kengashi (taftish komissiyasi / ijroiya organi)ning tarkibi № Shaxsning F.I.Sh. yoki ishonchli boshqaruvchining toʻliq nomi Lavozimi Tegishli aksiyalarning soni va turi 1. 2.
Ijroiya organi rahbarining F.I.Sh.: ____________________________ Bosh buxgalterning F.I.Sh.: ____________________________ Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.Sh.: ____________________________
* Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
** PDF shaklda biriktiriladi.
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, emitent tegishli boshqaruv organining bayonnomasi tuzilgan sana hisoblanadi.”.
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotlarni taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 3-37-ILOVA
1. EMITENTNING NOMI Toʻliq: Qisqartirilgan: Birja tikerining nomi:* 2. ALOQA MAʼLUMOTLARI Joylashgan yeri: Pochta manzili: Elektron pochta manzili:* Rasmiy veb-sayti:* 3. MUHIM FAKT TOʻGʻRISIDA AXBOROT Muhim faktning raqami: 37 Muhim faktning nomi: Qimmatli qogʻozlar egalarida ularga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning emitent tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqining yuzaga kelganligi Qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini yuzaga keltiruvchi qimmatli qogʻozlar turi: Qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini yuzaga keltiruvchi qimmatli qogʻozlar tipi: Qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini yuzaga keltiruvchi qimmatli qogʻoz nominal qiymati (soʻm/1 dona): Qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini yuzaga keltiruvchi asos: Qaytarib sotib o�inishini talab qilish huquqini yuzaga kelishiga asos boʻlgan qaror qabul qilingan sana: Qaytarib sotib olish bahosi (soʻm/1 dona): Qaytarib sotib olishni boshlash sanasi: Ijroiya organi rahbarining F.I.Sh.: ____________________ Bosh buxgalterning F.I.Sh.: ____________________ Veb-saytda axborot joylashtirgan vakolatli shaxsning F.I.Sh.: ____________________
* Mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
Muhim fakt yuz bergan vaqt boʻlib, qimmatli qogʻozlarni emitent tomonidan qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi yuzaga kelishiga sabab boʻlgan emitent tomonidan qaror qabul qilingan sana hisoblanadi.”.
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan axborot taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotlarni taqdim etish va eʼlon qilish qoidalariga 5-ILOVA
Aksiyalar egasining aksiyadorlik jamiyati ustav fondining jami 20 va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olganligi haqidagi
AXBOROTI
Aksiyalar egasining nomi: jismoniy shaxsning F.I.Sh. yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi Aksiyalar egasining joylashgan yeri (pochta manzili) Aksiyalar egasining aksiyalarni olishda qatnashadigan affillangan shaxslari* Affillangan shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili)* Emitentning toʻliq nomi Bitim sanasi Bitim turi Olingan aksiyalarning ustav kapitalidagi miqdori (%) Bitimdan keyingi aksiyalar soni (dona)
* aksiyalar affillangan shaxslar bilan birgalikda olinganda koʻrsatiladi.”.
