Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi Gʻ.I. Ibrohimovning “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining innovatsion faoliyati toʻgʻrisida”gi axboroti haqida (1094-I-son)
04.11.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi Gʻ.I. Ibrohimovning “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining innovatsion faoliyati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi oʻz saʼy-harakatlarini innovatsion loyihalar va texnologiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilishini ragʻbatlantirish, kimyo sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish va kimyo mahsulotlarining yangi turlarini oʻzlashtirish, 2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar soʻzsiz bajarilishiga qaratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda kimyo sanoatida, shuningdek mamlakat iqtisodiyotining boshqa tarmoqlarida innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2009-yil 4-noyabr,
1094-I-son
