Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisida”gi 30-II-sonli Qaroriga oʻzgartishlar kiritish haqida (158-II-son)
18.03.2011
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisida”gi 30-II-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 3, 144-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisiga koʻrib chiqish uchun kiritilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari (M. Radjabova) zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-mart,
158-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2011-yil 18-martdagi 158-II-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisida”gi 30-II-sonli qaroriga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. 1-banddagi “17 nafar senatordan iborat tarkibda” degan soʻzlar “18 nafar senatordan iborat tarkibda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi (M. Radjabova) zimmasiga yuklatilsin”;
3. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
TARKIBI
4. 2-ilova:
1) 4-bandining 5-kichik bandidagi “2010-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturini” degan soʻzlar “ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 5-bandidagi “oʻrinbosari” degan soʻz “oʻrinbosarlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat Komissiyasi raisining oʻrinbosarlari Senat Komissiyasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarni amalga oshiradilar. Senat Komissiyasi raisining oʻrinbosarlaridan biri Senat Komissiyasi raisining yoʻqligida uning vazifasini bajaradi”;
4) 10-banddagi “oʻrinbosari” degan soʻz “oʻrinbosarlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat Komissiyasining majlislari Senat Komissiyasining raisi, u yoʻqligida esa uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan chaqiriladi”;
6) 12-bandning:
birinchi xatboshisidagi “oʻrinbosari” degan soʻz “oʻrinbosarlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “oʻrinbosari” degan soʻz “uning oʻrinbosarlaridan biri” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 14-banddagi “Senat Komissiyasining raisi va kotibi” degan soʻzlar “Senat Komissiyasining majlisida raislik qiluvchi va Senat Komissiyasining kotibi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
