2009-yil 15-16-iyun kunlari Yekaterinburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining majlisi yakunlari toʻgʻrisida (1031-I-son)
25.06.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. 2009-yil 15-16-iyun kunlari Yekaterinburg shahrida (Rossiya Federatsiyasi) boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining majlisi yakunlari maʼlumot uchun qabul qilinsin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mazkur sammitdagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar qoʻllab-quvvatlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qoʻmitalari:
SHHTga aʼzo davlatlar tomonidan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarish sohasida talabni oʻstirish va iqtisodiy faollikni kuchaytirishga doir inqirozga qarshi mintaqaviy va milliy dasturlarni roʻyobga chiqarishda faol ishtirok etsin;
Davlat rahbarlari kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bayon qilingan tashabbuslar:
SHHT doirasidagi hamkorlikning iqtisodiy, eng avvalo investitsiyaviy tarkibini sifat jihatidan yaxshilash va kuchaytirish;
BMT shafeligida Afgʻoniston bilan bevosita chegaradosh davlatlarning muxtor vakillari, shuningdek Rossiya, AQSH va NATO vakillaridan iborat tarkibda, afgʻon muammosini hal etishdan manfaatdor boʻlgan taraflarning oʻzaro samarali hamkorlik qilishini taʼminlaydigan muhim maslahat-diplomatik organ sifatida “6+3” muloqot guruhini tuzish;
2009-yil 21-martda kuchga kirgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi zona toʻgʻrisidagi shartnomani amalda roʻyobga chiqarish mexanizmlarini yanada rivojlantirish;
SHHTda Oʻzbekiston Respublikasining raislik qilishi munosabati bilan hokimiyatning ijro etuvchi organlari ishiga har tomonlama koʻmaklashish masalalariga alohida eʼtibor qaratgan holda keng tushuntirilishini tashkil etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga SHHTning Yekaterinburgdagi sammiti yakunlarining mazmun-mohiyatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish tavsiya qilinsin.
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2009-yil 25-iyun,
1031-I-son
