Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatovning “Oʻzbekistonda elektr energetikasini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish istiqbollari toʻgʻrisida”gi axboroti haqida (998-I-son)
30.04.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatovning “Oʻzbekistonda elektr energetikasini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish istiqbollari toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda:
oʻz saʼy-harakatlarini elektr energetikasini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishiga qaratsin;
elektr energetikasini yanada rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishni normativ jihatdan taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlarini ishlab chiqish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2009-yil 30-aprel,
998-I-son
