Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (716-II-son)
03.12.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:
“I. X. Najmiddinovni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 17-sentabrdagi Farmoni;
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 27-sentabrdagi Farmoni;
“Sh. Nurmatovni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida”gi 2004-yil 28-sentabrdagi Farmoni;
“A. A. Azizxodjayevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 4-oktabrdagi Farmoni;
“A. A. Azizxodjayevni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida”gi 2004-yil 4-oktabrdagi Farmoni;
“R. R. Yunusovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 10-oktabrdagi Farmoni;
“R. F. Fayzullayevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qurilish, qurilish materiallari sanoati, kommunal xizmat koʻrsatish va transport kompleksi rahbari vazifasidan ozod etish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 13-oktabrdagi Farmoni;
“R. S. Qosimovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida”gi 2004-yil 13-oktabrdagi Farmoni;
“Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 15-oktabrdagi Farmoni;
“Sh. Nurmatovni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 15-oktabrdagi Farmoni;
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari X. X. Nematovni lavozimidan ozod etish haqida”gi 2004-yil 19-oktabrdagi Farmoni;
“B. G. Nurmuxamedovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida”gi 2004-yil 22-oktabrdagi Farmoni tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-dekabr,
716-II-son
