Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisida (700-II-son)
02.12.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisidagi axborotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2004-yildagi kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin. 2004-yilda Davlat budjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohani moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilganligi, bunda taʼlim muassasalarini, sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish va ularning taʼminotiga, shuningdek qishloq iqtisodiyotidagi tarkibiy oʻzgarishlarga alohida eʼtibor qaratilganligi taʼkidlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-dekabr,
700-II-son
