Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2010-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida (274-II-son)
15.03.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2010-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 15-mart,
274-II-son
