Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 30-dekabrda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuida qilgan maʼruzasida bayon etilgan qoidalarni amalga oshirish yuzasidan 2011-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan harakat dasturi toʻgʻrisida”gi Qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish haqida (238-II-son)
26.01.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi shuni taʼkidlaydiki, Qonunchilik palatasi, uning organlari, xususan uning qoʻmitalari faoliyatini yanada takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuida qilgan maʼruzasida bayon etilgan qoidalarni amalga oshirish yuzasidan 2011-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan harakat dasturini muvaffaqiyatli bajarish garovidir.
Qonunchilik palatasi, uning qoʻmitalarining oʻtgan davr mobaynidagi faoliyatini tanqidiy tahlil qilish shundan dalolat beradiki, ular faoliyatida ijobiy natijalar bilan bir qatorda foydalanilmagan imkoniyatlar va kamchiliklar ham mavjuddir.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ bazani yanada rivojlantirish, shuningdek qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirishga doir yagona yondashuvlar va uslublarni belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ bazani takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi guruhning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish va tahlil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining ishini tashkil etishga doir yagona yondashuvlar va uslublarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti normalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari hamda Devoni ishini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi uslubiy tavsiyalar va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va deputatlar korpusi bilan ommaviy axborot vositalari, NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasidagi oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlashga doir takliflar ishlab chiqish;
deputatlar korpusining professional darajasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga doir takliflar ishlab chiqish.
3. Ishchi guruh rahbari (U.N. Muhammadiyev) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining normativ bazasini rivojlantirishga doir takliflarni ikki haftalik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 26-yanvar,
238-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2011-yil 26-yanvarda qabul qilingan 238-II-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ bazani takomillashtirish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 14-modda)
