Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–4478-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash haqida (590-II-son)
07.12.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining vaOʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Dasturning 15-bandida belgilangan fermer xoʻjaliklari faoliyatining dolzarb masalalarini va ularni hal etish yoʻllarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va tuman fermyerlar kengashlari aʼzolari tomonidan – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida, xalq deputatlari viloyat va tuman kengashlarida, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi aʼzolari tomonidan – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tegishli qoʻmitalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida muntazam muhokama qilib borish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ishchi guruh zimmasiga 2012-yilning 15-dekabrigacha:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Dasturning 15-bandida belgilangan fermer xoʻjaliklari faoliyatining dolzarb masalalarini va ularni hal etish yoʻllarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va tuman fermyerlar kengashlari aʼzolari tomonidan – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlarida, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi aʼzolari tomonidan – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tegishli qoʻmitalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida muntazam muhokama qilib borish tizimini joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori loyihasini;
fermer xoʻjaliklari faoliyatining dolzarb masalalarini va ularni hal etish yoʻllarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va tuman fermyerlar kengashlari aʼzolari tomonidan – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlarida, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi aʼzolari tomonidan – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tegishli qoʻmitalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida muntazam muhokama qilib borishga doir tavsiyalarning loyihasini ishlab chiqish vazifalari yuklatilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 7-dekabr,
590-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 7-dekabr,
KQ-41-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 7-dekabrdagi 590–II/KQ–41–II-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Dasturning 15-bandida belgilangan fermer xoʻjaliklari faoliyatining dolzarb masalalarini va ularni hal etish yoʻllarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va tuman fermyerlar kengashlari aʼzolari tomonidan – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlarida, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi aʼzolari tomonidan – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tegishli qoʻmitalarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida muntazam muhokama qilib borish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha
IShChI GURUH TARKIBI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidan: 1. Alixanov Boriy Botirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi, ishchi guruh hamraisi; 2. Teshaboyev Muhammadyusuf Mutalibjonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi, ishchi guruh aʼzosi; 3. Shohnazarov Tohir Tuxtamurodovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni yuridik boʻlimining mudiri, ishchi guruh aʼzosi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatidan: 4. Razzakov Hamrabay Rahimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi, ishchi guruh hamraisi; 5. Choʻlliyev Shuhrat Asqarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni Yuridik boʻlimining mudiri, ishchi guruh aʼzosi; vazirliklar va idoralardan: 6. Turdiyev Sodiqjon — Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi raisi, Oʻzbekiston Qahramoni, ishchi guruh aʼzosi; 7. Usmonov Anvar Akramovich — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh aʼzosi; 8. Shermatov Saʼdi Baxtiyorovich — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh aʼzosi; 9. Abdullayev Mehriddin Razzoqovich — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh aʼzosi; 10. Nurmatov Sherali Nurmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh aʼzosi; 11. Qosimov Muhammadjon Chirmashevich — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari majmuasi rahbarining oʻrinbosari, ishchi guruh aʼzosi.
