Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2013-yilga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisida (KQ-48-II-son)
29.12.2012
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2013-yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-dekabr,
KQ-48-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 29-dekabrdagi KQ-48–II-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2013-yilga moʻljallangan
ISh REJASI
I. Nazorat faoliyati
Jizzax viloyati xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari hamda ular doimiy komissiyalarining 2012-yildagi ishi tashkil etilishini oʻrganish va natijalarini Senat Komissiyasi majlisida muhokama qilish (xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bilan birgalikda, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.1, 1.2, 2.1, 2.2 va 5.2-bandlariga muvofiq).
Yilning birinchi yarmi
Senat Komissiyasining 2012-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlari faoliyatini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida”gi 16–II-conli qarorining xalq deputatlari Qoʻngʻirot, Kattaqoʻrgʻon va Dehqonobod tuman Kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalari tomonidan ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2, 2.2, 3.4 va 5.2-bandlariga muvofiq).
Yilning birinchi yarmi
“Obod turmush yili” Davlat dasturi hamda 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijro etilishi masalalarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida va ular doimiy komissiyalari majlislarida muhokama qilish borasida Senat Komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar yordamida qilingan ishlar toʻgʻrisida Senat Komissiyasining majlisida joylardagi ishchi guruhlar rahbarlarining axborotini tinglash (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2, 1.4 va 3.2-bandlariga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan).
Yilning ikkinchi yarmi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining 2012-yilning ikkinchi yarmidagi va 2013-yilning oʻtgan davridagi faoliyatini oʻrganish. Oʻrganish yakunlarini Senat Komissiyasi majlisida muhokama qilish (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2, 3.2 va 5.1-bandlariga muvofiq).
Yilning ikkinchi yarmi
II. Tadbirlar
Yilning birinchi choragi
“Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining masʼuliyatini va ular ishtirokining samaradorligini oshirish – davr talabi” mavzuida seminar (Buxoro viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3 va 3.2-bandlariga muvofiq, 2013-yil Obod turmush yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan).
Yilning ikkinchi choragi
“Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining ishini ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi masalalari” mavzuida seminar (Samarqand viloyatida, 2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3, 1.4 va 3.2-bandlariga muvofiq).
Yilning uchinchi choragi
“Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari: amaliyot va istiqbollar” mavzuida davra suhbati (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.3, 3.1 va 3.2-bandlariga muvofiq).
Yilning toʻrtinchi choragi
“Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish masalalari” mavzuida konferensiya (2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturining 1.2, 1.3 va 3.1-bandlariga muvofiq).
Izoh: ushbu rejaga zaruratga qarab ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
2010-yil 31-martdagi mahalliy Kengashlar Harakat dasturi – Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 – 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
