Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida”gi qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (923-XII-son)
02.09.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda) quyidagicha mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Balandliklarda sanoat alpinizmi uslubida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlari bajarish”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
923-XII-son
