Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-355-II-son)
06.12.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 12-noyabrda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-38-II-sonli qarori tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-dekabr,
SQ-355-II-son
