Oʻzbekiston Respublikasi mutaxassislarini bitim asosida xorijga ishlash uchun yuborish toʻgʻrisida (895-XII-son)
02.07.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATIning
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tajriba tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi mutaxassislari guruhini mehnat shartnomasi asosida xorijga ishlash uchun yuborish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
xalqaro tajribani hisobga olgan holda va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining muhokamasiga tashqariga ishchi kuchi chiqarish va tashqaridan ishchi kuchi olib kelish masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari loyihasini kiritsin;
uqtirib oʻtilgan qonun hujjatlari tasdiqlanguniga qadar tashqariga ishchi kuchi chiqarish va tashqaridan ishchi kuchi olib kelish masalalarini tartibga soluvchi, xorijda ishlovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlari himoya etilishini taʼminlovchi qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-iyul,
895-XII-son
