Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2012-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisida (594-II-son)
21.12.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2012-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2012-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Hisobot davrida Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorda profitsit bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan parametrlarga muvofiq ijro etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 21-dekabr,
594-II-son
