Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (560-II-son)
01.11.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
2007-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Operativ-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 682–I-sonli qaror (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 615-modda);
2008-yil 22-aprelda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (Operativ-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida)”gi 787–I-sonli qaror (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 207-modda);
2008-yil 21-mayda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 795–I-sonli qaror (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 5, 246-modda).
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 1-noyabr,
560-II-son
