Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2717-son)
13.10.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-oktabrda 2717-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 26-avgustdagi PF-4751-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritilib, ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari 2015-yil 1-sentabrdan ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari oʻzgarganligini hisobga olib ish haqlarini qayta hisoblab toʻlanishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2014-yil 25-dekabrdagi 13, 32-q/q va 85-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2644, 2014-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 644-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi raisi Sh. SALIXOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-oktabr,
5-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-oktabr,
40-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 7-oktabr,
88-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 7-oktabrdagi 5, 40, 88-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
T/r Lavozimlarning nomi Bazaviy lavozim maoshlarining miqdori, soʻm 1. Institut direktori professor 2 013 259 fan doktori 1 931 466 fan �omzodi 1 850 121 2. Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori professor 1 850 121 fan doktori 1 784 388 fan nomzodi 1 704 558 3. Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri fan doktori yoki professor 1 784 388 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi 1 704 558 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 639 270 4. Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan doktori yoki professor 1 704 558 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi 1 639 270 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 573 614 5. Bosh ilmiy xodim professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 1 704 558 katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori 1 639 270 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 1 573 614 6. Etakchi ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori 1 639 270 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori 1 573 614 ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 1 495 952 7. Katta ilmiy xodim ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi 1 495 952 ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi 1 419 176 ilmiy darajaga ega boʻlmagan 1 344 109 8. Kichik ilmiy xodim fan nomzodi 1 419 176 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 1 344 109 ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 1 269 666 9. Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi 1 120 240
