Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining 2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining axborotini eshitish haqidagi taklifi toʻgʻrisida (532-II-son)
07.09.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Hukumat aʼzolari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan ularning axborotini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish tartibining 3 va 4-bandlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining 2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Tadbirlarni, shuningdek ushbu tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi masʼul etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriga yuboriladigan taxminiy savollar roʻyxati uchun rozilik berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Qonunchilik palatasining Spikeri nomidan Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga taklif etish toʻgʻrisida taxminiy savollar roʻyxatini ilova qilgan holda xat tayyorlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishga tayyorgarlikning borishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U.N. Vafoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 7-sentabr,
532-II-son
