Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son va 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (205-son)
30.04.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga 1 va 2-ilovalarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 14-oktabrdagi 443-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 10-son, 37-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-aprel,
205-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 205-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. Qarorning 3-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovada:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻnbirinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi” soʻzlari “va Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 2-ilovaning IX boʻlimidagi 6, 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
4. “Boj, yigʻim va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlardan valyuta tushumlarini taqsimlash” jadvalining 14-bandidagi 2-ustun matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ketish va ketish-kelish vizalari berganlik va ularni uzaytirganlik, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazganlik, doimiy yashash uchun hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun olinadigan davlat boji”.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 205-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin.
“6. Pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat, chet elga ketish va chet eldan kelish huquqini beradigan hujjatlarni berganlik uchun:
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Boshqa ishlarni amalga oshirganlik uchun
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 4-son, 23-modda)
