Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida (204-son)
30.04.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-maydan boshlab bojxona yigʻimlari stavkalari ilovaga muvofiq belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida bojxona yigʻimlari milliy valyuta — “soʻm”da, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlarida — erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi.
Erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida yigʻimlar undirishdan valyuta tushumlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi aʼzolik badali summasi chiqarib tashlangan holda, belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻrsatilgan xizmatlar uchun boj yigʻimlari olishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-avgustdagi 366-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-aprel,
204-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-son qaroriga ILOVA
Bojxona yigʻimlari stavkalari
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
