Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari-moliya vaziri R.S. Azimovga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.M. Gʻaniyevga, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri S.X. Bekenovga 2009-2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturining ijro etilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi toʻgʻrisida (115-II-son)
06.07.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — moliya vaziri R.S. Azimovga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.M. Gʻaniyevga, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri S.X. Bekenovga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi aʼzolari I.I. Nasriyev, R.T. Asqarov, F.A. Zoirov tomonidan 2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturining ijro etilishi haqida kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — moliya vaziri R.S. Azimovga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri — E.M. Gʻaniyevga, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri S.X. Bekenovga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 6-iyul,
115-II-son
