Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 22-yanvardagi 16-II-sonli qarori 2-bandiga qisman oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida (88-II-son)
09.06.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining takliflariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 22-yanvardagi 16-II-sonli qarori 2-bandiga qisman oʻzgartishlar kiritib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi lavozimi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasiga, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi lavozimi esa Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasiga berilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 9-iyun,
88-II-son
