Toshkent shahar hokimining 2015-yil 24-fevraldagi “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida” 161-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (804-son)
11.09.2015
Toshkent shahar hokimining
Qarori
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) va Toshkent shahar hokimining 2015-yil 24-fevraldagi “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 161-sonli qaroriga (“Toshkent oqshomi”, 2015-yil 27-fevral, 51-son) muvofiq, Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti va Toshkent IIBB YHXBning murojaatlarini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2015-yil 24-fevraldagi “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 161-sonli qarori 1.1-ilovasining 4.5-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
2. Axborot xizmati (X. Ermatov), “Vecherniy Tashkent” va “Toshkent oqshomi” tahririyati (A. Akromov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Asamov), mazkur qaror rasmiy eʼlon qilinsin va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimiyatining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari majmuasi va Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti boshligʻi R.A. Abdumajitov zimmalariga yuklatilsin.
Hokim R. USMONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 11-sentabr,
804-son
