Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati, fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishda sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish maqsadida fuqarolarning huquqiy bilimlari darajasini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida (531-II-son)
29.08.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati, fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishda sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish maqsadida fuqarolarning huquqiy bilimlari darajasini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 29-avgust,
531-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2012-yil 29-avgustdagi 531-II-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati, fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishda sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish maqsadida fuqarolarning huquqiy bilimlari darajasini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar tizimini takomillashtirishga doir
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Muqaddima
Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgan vaqtdan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov rahbarligida ijtimoiy yoʻnaltirilgan demokratik huquqiy davlat barpo etishga hamda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan keng miqyosli, bosqichma-bosqich va tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunda tub siyosiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlarni oʻtkazishga, faol ijtimoiy siyosat yuritishga, jamiyatni har tomonlama demokratlashtirishga, uning maʼnaviy-maʼrifiy sohalarini yangilashga qaratilgan yoʻl siyosiy va huquqiy tafakkurni shakllantirishning muhim nazariy va amaliy muammolarini hal etishda ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlar rolini kuchaytirishni talab etadi. Huquqning sotsiologik jihatlarini tadqiq etmasdan turib, yetakchi prinsipi xalq irodasini aniq ifodalovchi, bunda faqat fuqarolar davlat oldida javobgar boʻlib qolmay, balki davlat hokimiyati ham qatʼiy huquqiy asosda harakat qilib fuqarolar oldida javobgar boʻladigan qonun ustuvorligi va tantanasidan iborat boʻlgan huquqiy davlat konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirish mumkin emas.
Huquqiy va siyosiy sohalardagi sotsiologik tadqiqotlarning dolzarbligi va muhimligi quyidagi omillar bilan bogʻliq.
Birinchidan, huquqning ijtimoiy bogʻliqligi sohasida tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek qonunchilik faoliyatining omillarini tadqiq etish qabul qilinayotgan qonunlar sifati va samaradorligini oshirish ishining ham zarur shartidir. Qonunchilik sotsiologiyasi jamoat saʼy-harakatlarini va qonunchilik faoliyati samaradorligini belgilovchi ijtimoiy omillarni tadqiq etishdan iboratdir. Bu yoʻnalish respublikamizda qonunchilik faoliyatini professionallashtirish va ikki palatali, doimiy asosda ishlovchi parlamentning shakllanishi asnosida alohida ahamiyatga egadir. Boshqacha soʻz bilan aytganda, qonunchilikni isloh qilishni bugungi kunda qonun ijodkorligining demokratik amaliyotini va, bevosita, qonunchilik jarayonini takomillashtirishga qaratilgan qonunning umumiy sotsiologik konsepsiyasini shakllantirmasdan turib tasavvur etib boʻlmaydi.
Ikkinchidan, sotsiologik tadqiqotlar ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazorati samaradorligini, parlamentning oʻzi qabul qilgan qonunlarning holatini oʻrganishga hamda rahbarlar va mansabdor shaxslarning oʻzlari yetakchilik qilayotgan ish uchastkalarida qonuniylik prinsipiga, qonun ustuvorligiga soʻzsiz va aniq rioya qilishi ustidan javobgarligini oshirishga qaratilgan nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini taʼminlovchi taʼsirchan yordamchi vositasi hisoblanadi. Sotsiologik tadqiqotlarning zamonaviy metodlaridan foydalanish parlament vakillarida parlament nazoratining turli shakllarini (parlament eshituvi, parlament soʻrovi, hisobotlarni eshitish, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazish va hokazo) amalga oshirish uchun faktologik bazani shakllantirish imkonini beradi.
Uchinchidan, sotsiologik tadqiqotlar fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini, mamlakatimizda huquqiy taʼlim va maʼrifatni tubdan yaxshilash ishida beqiyos vosita hisoblanadi. Jamiyatning bosqichma-bosqich harakati va islohotlar muvaffaqiyati koʻp jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatiga bogʻliqdir. Shaxsning siyosiy faolligi, chin fuqarolik pozitsiyasining demokratik yangilanishlarga moyil ekanligi koʻzlangan maqsadlarga erishishning muhim omillaridir.
Yuksak huquqiy madaniyat — demokratik jamiyatning poydevori va huquqiy tizimning yetukligi koʻrsatkichidir. Huquqiy madaniyat jamiyatdagi barcha hayotiy jarayonlarning butun rang-barangligini tartibga solishga faol taʼsir koʻrsatuvchi, fuqarolarning hamda barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga koʻmaklashuvchi, jamiyatning yaxlitligini, undagi tartibni saqlovchi va mustahkamlovchi omil hisoblanadi. Qonunga nisbatan hurmat huquqiy jamiyat, siyosiy va huquqiy tizim samarali faoliyat koʻrsatishining asosiy talablaridan biridir.
Ana shu omillarning barchasi Oʻzbekistonda sud-huquq tizimining turli yoʻnalishlarida, shu jumladan fuqarolarning huquqiy bilimlari darajasini oʻrganish borasida sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirishga daʼvat etilgan institutlarning keng tarmoqli va rivojlangan milliy tizimini shakllantirishga doir tashkiliy-institutsional va qonunchilik-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qilishga sabab boʻldi. Chunonchi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz va hokazolarning tashkil etilishini shular qatoriga kiritish mumkin.
1997-yilda qabul qilingan, asosiy maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka ega boʻlishi, huquqiy ongning yuqori darajasiga erishishi, kundalik hayotda huquqiy bilimlarni qoʻllay olishi mumkin boʻlgan huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli, doimiy amal qiluvchi tizimini yaratishdan iborat boʻlgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida ham fuqarolarning huquqiy bilimlari darajasini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlarning roliga alohida ahamiyat berilgan.
Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishida ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarning muhimligi parlament palatalarining 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisida davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish munosabati bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, respublikamiz rahbari taʼkidlaganidek: “Jamiyatning demokratiya yoʻlidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati koʻp jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bogʻliqdir. Yuksak huquqiy madaniyat — demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik koʻrsatkichidir.
Shu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy taʼlim va maʼrifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targʻibotini tubdan yaxshilashga yoʻnaltirilgan maqsadli keng koʻlamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuygʻusining yanada ortishini taʼminlaydi, deb oʻylayman”.
T/r Tadbirning asosiy mazmuni Kutilayotgan natija Ijro muddati Masʼul ijrochilar Qonun ijodkorligi faoliyati sohasida: 1. Qabul qilinishi rejalashtiri-layotgan qonun loyihalari yuzasidan aholining muayyan maqsadli guruhlari oʻrtasida huquqiy bilimlar darajasini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish uchun 2015-yilga qadar boʻlgan buyurtmalar rejasini tuzish. Ushbu tadqiqotlarning natijalari: fuqarolarning muayyan qonunlar mazmunidan xabardorligi darajasini; fuqarolarning ayrim qonun normalariga boʻlgan munosabatini; fuqarolarning muayyan qonunning amal qilishidan qanoatlanganligini aniqlashga yordam beradi. doimiy Qonunchilik palatasi, AQMI, Adliya vazirligi, “Ijtimoiy fikr” markazi, IHMM, FJShMQMI 2. Qonun loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi komissiyalari ishiga sotsiologlar va ijtimoiy fikrni oʻrganuvchi boshqa mutaxassislarni keng jalb etishni yoʻlga qoʻyish. Bu tadbir qonun loyihalari sifatini oshirish imkonini beradi. doimiy Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari 3. Qonunchilik palatasiga hamda Qonunchilik palatasi deputatlariga murojaat qiluvchi fuqarolar soʻrovini tashkil etish va oʻtkazish. Bu tadbir parlamentning quyi palatasi�a murojaat qiluvchi fuqarolarning qabul qilinayotgan qonunlarga nisbatan munosabatini bilish, shuningdek ularning huquqiy bilimlari darajasini aniqlash imkonini beradi. doimiy Qonunchilik palatasi, “Ijtimoiy fikr” markazi, FJShMQMI 4. “Qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida aholining huquqiy savodxonligi darajasini aniqlash va oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasini takomillashtirish” mavzuida seminar oʻtkazish. Ushbu seminarni oʻtkazish sotsiologik tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish va parlament quyi palatasining qonun ijodkorligi faoliyati darajasini oshirish imkonini beradi. 2013 yil I choragi “Ijtimoiy fikr” markazi, Qonunchilik palatasi, AQMI, Adliya vazirligi, IHMM, FJShMQMI 5. Qonun ijodkorligi faoliyatida va, bevosita, parlamentning qonunchilik ishida jamoatchilik fikrini oʻrganishning roli hamda ahamiyati toʻgʻrisida oʻquv treninglari va seminarlar turkumini tashkil etish. Bu tadbirlar Qonunchilik palatasi deputatlariga jamoatchilik fikrini oʻrganish va fuqarolarning huquqiy bilimlari darajasini aniqlash usullari toʻgʻrisidagi bazaviy maʼlumotlarni olish imkonini beradi. 2013-yil III–IV choraklari “Ijtimoiy fikr” markazi, AQMI, Adliya vazirligi, FJShMQMI, Qonunchilik palatasi Nazorat-tahlil faoliyati borasida: 1. Parlament eshituvlarini tayyorlash va parlament soʻrovlarini kiritishda fuqarolarning huquqiy bilimlari darajasini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar metodlaridan foydalanish amaliyotini Qonunchilik palatasi faoliyatiga joriy etish. Bu tadbir parlament nazoratining mazkur instituti samaradorligini oshirish imkonini beradi. doimiy Qonunchilik palatasi, “Ijtimoiy fikr” markazi, FJShMQMI, IHMM, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi 2. Parlament quyi palatasining nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirishga sotsiologlar va jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha boshqa mutaxassislarni jalb etish. Bunday amaliyot parlament quyi palatasi tomonidan oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlarining ijtimoiy yoʻnaltirilganligini kuchaytirish imkonini beradi. doimiy Qonunchilik palatasi, “Ijtimoiy fikr” markazi, FJShMQMI, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi 3. Aholining muayyan maqsadli guruhlari oʻrtasida hamda Qonunchilik palatasining nazorat-tahlil faoliyatida oʻrganiladigan muayyan qonunlar boʻyicha sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish. Bu tadqiqotlarning natijalari parlament nazoratining samaradorligi va taʼsirchanligini yaxshilash, uning ijtimoiy yoʻnaltirilganligini kuchaytirish imkonini beradi. 2012-yil IV choragi – 2013-yil III choragi “Ijtimoiy fikr” markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi, Qonunchilik palatasi 4. “Qonunchilik palatasining nazorat-tahlil faoliyati sifatini oshirish maqsadida aholining huquqiy va siyosiy savodxonligi darajasini aniqlash hamda oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlarning metodologiyasini takomillashtirish” mavzuida seminar oʻtkazish. Ushbu seminar yakunlariga koʻra ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalar Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkaziladigan nazorat-tahlil tadbirlarining ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish imkonini beradi. 2013 yil II choragi “Ijtimoiy fikr” markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi, Qonunchilik palatasi, AQMI, IHMM, FJShMQMI 5. Qonunchilik palatasi deputatlari bilan nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda jamoatchilik fikrini aniqlash usullarini oʻrgatuvchi tadbirlar oʻtkazish. Bu tadbirlar deputatlarga nazorat faoliyati jarayonida fuqarolarning huquqiy bilimlari darajasini aniqlash koʻnikmalarini egallash imkonini beradi. 2013 yil II–III choraklari “Ijtimoiy fikr” markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi, Qonunchilik palatasi Fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish ishida: 1. Fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyati darajasini aniqlash maqsadida fuqarolarning ayrim toifalari oʻrtasida (xotin-qizlar, yoshlar va hokazo) anketalashtirish va fokus-guruhlar metodi orqali bir andozadagi suhbatlar oʻtkazish uchun buyurtma tayyorlash. Fuqarolarning huquqiy taʼlimi va maʼrifati, huquqiy ongi sifati hamda samaradorligini yaxshilashga doir takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish. 2012 yil IV choragi Adliya vazirligi, “Ijtimoiy fikr” markazi, FJShMQMI, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi, IHMM 2. Aholining huquqiy va siyosiy madaniyati darajasini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari ishtirokida tadbirlar turkumini tashkil etish. Bu tadbir fuqarolarning huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlarni aniq maqsadni koʻzlab va aniq yoʻnaltirilgan holda oʻtkazishni taʼminlash imkonini beradi. 2013 yil I–II choraklar FJShMQMI, Adliya vazirligi, “Ijtimoiy fikr” markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi 3. “Jamiyat – Siyosat – Siyosiy madaniyat” mavzusida sotsiologik tadqiqotlar tashkil etish va oʻtkazish. Fuqarolarning siyosiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha ishlar samaradorligi va sifati darajasini oshirishga taʼsir koʻrsatadi. 2013 yil II choragi “Ijtimoiy fikr” markazi, vazirliklar va idoralar 4. “Jamiyat – Huquq – Huquqiy madaniyat” mavzusida sotsiologik tadqiqotlar tashkil etish va oʻtkazish. Fuqarolarning siyosiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha ishlar samaradorligi va sifati darajasini oshirishga taʼsir koʻrsatadi. 2013 yil III choragi “Ijtimoiy fikr” markazi, vazirliklar va idoralar 5. “Fuqarolar siyosiy madaniyatining xususiyati va oʻziga xos jihatlarini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi” mavzuida seminar oʻtkazish. Aholining siyosiy madaniyatini yuksaltirish ishida sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish koʻnikmalari oʻquvi. 2013 yil I choragi “Ijtimoiy fikr” markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi, AQMI, IHMM, FJShMQMI, vazirliklar va idoralar 6. “Fuqarolar huquqiy madaniyatining xususiyati va oʻziga xos jihatlarini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi” mavzuida seminar oʻtkazish. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishida sotsiologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish koʻnikmalari oʻquvi. 2013 yil IV choragi “Ijtimoiy fikr” markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash fondi, AQMI, IHMM, FJShMQMI, vazirliklar va idoralar
