Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-329-II-son)
31.08.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2012-yil 1-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 1-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 6-avgustda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 29-avgustda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 31-avgust,
SQ-329-II-son
