Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (62-II-son)
08.05.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2009-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 25-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 25-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 31-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 31-martda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 31-martda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 31-martda qabul qilingan “Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 31-martda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 31-martda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 31-martda qabul qilingan “Reglament va odob komissiyasi tarkibi toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 31-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 31-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiz Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 5-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi;
2010-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2010-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 31-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli qarorining 6 va 9-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-may,
62-II-son
