Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarorining 3-ilovasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (483-II-son)
18.05.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 843–I/515–I-sonli Qoʻshma qarorining 3-ilovasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda; 2010-yil, № 4, 173-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
483-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
KQ-18-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 18-maydagi № 483–II/KQ–18–II-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibiga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
1) 2-bandi chiqarib tashlansin;
2) 3 — 25-bandlari tegishincha 2 — 24-bandlar deb hisoblansin;
3) 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) 22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5) 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6) 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7) quyidagi mazmundagi boʻlim bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari vakillari
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 5-son, 144-modda)
