Fargʻona viloyatining Fargʻona shahri va Fargʻona tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (482-II-son)
17.05.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 13-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Fargʻona viloyatining Fargʻona shahri va Fargʻona tumani chegaralari oʻzgartirilsin.
2. Fargʻona viloyati Fargʻona tumani hududining 576 gektar maydoni (“Chekshoʻra” qishloq fuqarolar yigʻinining “Usmonobod” va “Oʻrtashoʻra” mahallalari hududining bir qismi; “Avval” qishloq fuqarolar yigʻinining “Oqtepa” mahallasi hududining bir qismi; “Damkoʻl” qishloq fuqarolar yigʻinining “Damkoʻl” mahallasi hududining bir qismi) Fargʻona viloyatining Fargʻona shahri tarkibiga;
Fargʻona viloyati Fargʻona shahri hududining 43,8 gektar maydoni (2-Oʻrmonchilar mahallasi hududining bir qismi) Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani tarkibiga oʻtkazilsin.
3. Fargʻona viloyati Fargʻona shahrining va Fargʻona tumanining chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1, 2-ilovalarga* binoan taqdim etilgan tavsif va grafik chizmaga muvofiq tasdiqlansin.
* 1-2 ilovalar berilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu qarorning ijrosi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 17-may,
482-II-son
