Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-308-II-son)
24.03.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi S.K. Xusenov toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi N. Zayniyev toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi T.I. Djurayev toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi O.X. Ollaberganov toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Sh.U. Sobirov toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Sh.Y. Xoʻjaniyozova toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 2-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2012-yil 22-martda qabul qilingan “Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-mart,
SQ-308-II-son
