Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” mavzuidagi maʼruzasi yuzasidan (23-II-son)
27.01.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
Qoʻshma Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” mavzuidagi maʼruzasini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning maʼruzasida bayon etilgan mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish boʻyicha asosiy ustuvor yoʻnalishlar qoʻllab-quvvatlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati rahbariyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning maʼruzasi yuzasidan palatalarning maʼruzada qoʻyilgan vazifalarni oʻz faoliyatlari aniq yoʻnalishlariga muvofiq amalga oshirishga qaratilgan alohida mufassal qarorini qabul qilish taklif etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 27-yanvar,
23-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-yanvar,
13-II-son
