Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari roʻyxatini tasdiqlash, qoʻmitalar raislari lavozimlarini siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhi oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida (yaxlit qaror) (16-II-son)
22.01.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining va Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhining takliflariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi qoʻmitalari tuzilsin:
Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi;
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi;
Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi;
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi;
Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi;
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi;
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi;
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari raislari lavozimlari siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi oʻrtasida quyidagicha taqsimlanishi belgilansin:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Xalq-demokratik partiyasi fraksiyasi — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi — Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi — Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi Oʻzbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi — Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-yanvar,
16-II-son
