Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi toʻgʻrisida (439-II-son)
31.01.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
Komissiya raisi Safayeva Mashkura — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Komissiya raisining oʻrinbosari Toʻxtashev Abdil Qosimovich — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Komissiya kotibi Joʻrayeva Saida Abdukomilovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni matbuot va tahririyat boʻlimi mudiri Komissiya aʼzolari Abdusattorov Toʻlqin Sayfullayevich — Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi Alimov Nasim Hoshimovich — Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi Axunova Oysha Muhammadjonovna — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Boboev Jahongir Ismoilbekovich — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi Ismoilov Sohibjon Ibragimovich — Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi Karamova Komila Zaydullayevna — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi Murotov Nuriddin Namozovich — Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi aʼzosi Nasriyev Ilhom Ismoilovich — Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi Ochilov Komil Rahimovich — Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi Rahmonov Akmal Ergashevich — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi Tursunboyev Shuhrat Mirayimovich — Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Ernazarova Gulnoza Hamrayevna — Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 27-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 71–II-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 4, 160-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 31-yanvar,
439-II-son
