Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida (PF-1990-son)
23.04.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Fuqarolar yigʻinlari, mahallalar raislari va kotiblarining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini, masʼuliyatlarini yanada oshirish va ularni ijtimoiy himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
3. Mazkur masalalarning amalga oshirilishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya, Mehnat va Ijtimoiy taʼminot vazirliklari zimmasiga yuklatilsin.
4. Fuqarolar yigʻinlari va mahallalar Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
1998-yilning oxirigacha fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini chuqur tahlil qilib, ularga amaliy yordam berish tadbirlarini joriy etsinlar;
mahallalar va fuqarolar yigʻinlari samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berib, ulaning asosiy faoliyatini aholini ijtimoiy-siyosiy hayotga keng jalb etishni taʼminlashga, maishiy-xoʻjalik, madaniy-maʼrifiy masalalarni hal qilishga yoʻnaltirsinlar;
joylardagi jamoat tashkilotlarining ish faoliyatlarini mahallalar bilan uzviy bogʻlangan holda olib borishni tashkil qilsinlar.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda shaxsan hokimliklarning masʼul ekanliklari taʼkidlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-aprel,
PF-1990-son
